Maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida zaharlanib, 11 nafari hayotdan koʻz yumgan.
Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi.
Maʼlum boʻlishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklar boʻlgan.
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qoʻlga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Hozirga vaqtga koʻra qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetdi. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayolni kishini tashkil etmoqda, deyiladi xabarda.