Oqibatda Antaliya viloyatining bir qator shaharlarida suv toshqini sodir bo'ldi, biroq bu sayyohlik joylaridan uzoqda joylashgan aholi punktlariga tegishli bo'lgan holat. Bundan Izmir eng ko'p talafot ko'rdi. U yerda kuchli yog'ingarchilik tufayli dengiz suvi qirg'oqlardan toshib chiqdi.
Turkiya hukumati tomonidan 81 ta viloyatdan 44 tasida ob-havo xavfining “to'q sariq” darajasi, 20 ta viloyatda esa “sariq” darajasi e'lon qilindi.
Istanbulda havo harorati 8 darajaga tushdi. Kyagitxane tumanida kuchli shamol turar-joy binosi tomini uchirib, avtomobillarga zarar yetkazdi. Mug'la kurort viloyatidagi Dalaman shahrida odamlar tornadoga guvoh bo'lishdi. Antaliyaga ham zarar yetdi. Dam olish maskanining ko'plab hududlarida daraxtlar ag'anab tushgan, avtomobillar va do'konlarga zarar yetgan, deb xabar beradi mir24.tv.
Bashoratlarga ko'ra, Turkiyaning markaziy qismida yomg'ir yog'ishda davom etadi.