Suv toshqini Turkiyaning shimoliy qismida xavf solmoqda. Soʻnggi ikki kun ichida Bartin va Sinop provinsiyalari tabiiy ofatdan koʻproq talafot koʻrdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha bir kishi bedarak yoʻqolgani aytilmoqda.
Bartinda seshanba kuni kechqurun yoqqan kuchli yomgʻir tufayli suv toshqinlari yuzaga kelib, yoʻllar, uylar, avtomobillar suv ostida qoldi.