Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Kodja chorshanba kuni respublikada koronavirusga qarshi bir vaqtning oʻzida 13ta vaksina ustida ish olib borilayotganligi toʻgʻrisida eʼlon qilgan.

— Turkiyada 13ta vaksina tayyorlash boʻyicha ish olib borilyapti. Ulardan uchtasi boʻyicha jonivorlar bilan oʻtkazilgan sinovlar yakuniga yetdi, — deb taʼkidlagan u Anqaradagi matbuot anjumanida.

Shu bilan birga avgust oyi boshida Turkiya Prezidenti Tayip Erdogan Turkiyalik vaksina ishlab chiqaruvchilar koronavirusga qarshi vaksinaning birini odamlarda klinik sinovdan oʻtkazishga ruxsat olganligi haqida maʼlum qilgan.

29-iyulda vazir Kodja Turkiya vaksina tayyorlash masalasi boʻyicha Rossiya va Xitoy bilan aloqada ekanligi haqida xabar bergan.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligida 7-avgustda eʼlon qilinishicha, Gamaleya nomidagi Markazda tayyorlangan koronavirusga qarshi vaksina 12-avgustda roʻyxatga olinishi, uni ishlab chiqarish esa sentyabrda boshlanishi kerak. Shuningdek, TASSning xabarida eng avvalo shifokorlar va qariyalar emlanishi eslatilgan.