Mazkur shaharda qutqaruvchilar vayronalar ostidan 32 kishini tirik holda olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.
Zilzila o'chog'i mamlakat sharqidagi Malatya viloyatidagi Yeshilyurt shahri hududida joylashgan bo'lib, u yerda deyarli 350 ming kishi istiqomat qiladi.
Avvalroq yer silkinishi oqibatida bir kishi halok bo'lgani va 69 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Yeshilyurt shahar hokimi Mehmet Chinarning so'zlariga ko'ra, to'rt qavatli uylardan birining vayronalari ostida odamlar bo'lishi mumkin. Xavflarni yumshatish departamenti ma'lumotlariga ko'ra, birinchi zilziladan keyin uch hafta ichida 10200 dan ortiq yer silkinishlari qayd etilgan, deyiladi mir24.tv saytida.