Erkak Marmaris kurortida qayiqda bo'lgan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, u boshqa davlatga chiqib, yashirinmoqchi bo'lgan.

Turkiya rasmiylari ayni damda zilzila oqibatida uylarga zarar yetkazganlikda gumon qilingan 221 nafar pudratchi xodimlar va rahbarlarni tergov qilmoqda. 30 kishi allaqachon hibsga olingan, 150 kishi qo'lga olingan yoki uy qamog'ida.

Avvalroq Turkiya Adliya vaziri Bekir Bozdag zilzilalar paytida binolarning qulashiga olib kelgan beparvolik uchun hech kim jazodan qutulib qola olmasligini ta'kidlagandi.

6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida ikkita kuchli zilzila sodir bo'ldi, keyin yuzlab kichik yer silkinishlari sodir bo'ldi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 36 mingdan ortiq odam halok bo'ldi, 108 mingdan ortiq kishi jarohatlandi, minglab uylar vayron bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.