Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan boʻlib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Vafot etgan vatandoshimizning jasadini Oʻzbekistonga yuborish, shuningdek uning yaqinlariga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda", deyiladi xabarda.