Mutaxassislar Buxoro shahrida bo'lib, u erdagi tarixiy obidalarni va texnogen omillar sabab avariya holatiga kelib qolgan madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya qilish ishlarini boshlab yuborishgan.
Qaytadan chiroy baxsh etishi lozim bo'lgan madaniy meros ob'ektlarini yuqori texnologik usullardan foydalangan holda shikast etkazmasdan qayta tiklashga alohida e'tibor qaratiladi. Restavratorlarning ta'kidlashicha, bu jarayonga qurilish davridan-da ko'proq vaqt kerak bo'ladi.