“UT Dogu travel” mahalliy turistik kompaniyasi va Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turkiyadagi Naqshbandiya tariqati vakillarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmi yoʻnalishida sayohati tashkil etildi. Ziyorat muqaddas Juma kuniga toʻgʻri kelganligi sababli Mehmonlar sayohatni Urganch shahridagi “Oxunbobo” jome masjidida juma namozini ado etishdan boshlashdi. Undan tashqari. Turkiyalik mehmonlar shuningdek, Xiva shahri “Ichan qalʼa” majmuasida ham boʻldilar. Shuningdek, Xorazm viloyati musulmonlar idorasi, Turizm va sport bosh boshqarmasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ziyorat turizmini rivojlantirishda oʻzaro hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish mavzusida suhbat olib borildi. Undan tashqari, mehmonlar Buxoroning Bahouddin Naqshband muqaddas qadamjosida ziyorat amallarini ado etishdi. Ziyoratchilar 10 kunlik sayohatlari davomida Yetti Pir ziyoratgohlarida ham boʻlishadi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Bahouddin Naqshband hunarmandchilik markazida faoliyat boshlagan yangi Mehmonxona Turkiyadan tashrif buyurgan eng nufuzli din ulamolari, shayxlar va ziyorat turizmi vakillaridan iborat ilk mehmonlarini qabul qildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Turkiyalik ziyoratchilar Xiva va Buxoroga tashrif buyurdi
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasiga 24 kishidan iborat Turkiyaning eng nufuzli diniy ulamolari, shayxlari va ziyorat turizmi vakillari tashrif buyurishdi.
Qo‘l sumkasi va kiyimiga yashirilgan 34 ming dollar aniqlandi
- Lasha Gudjedjiani Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
- JSST bolalar va oʻsmirlarda semizlikni davolash boʻyicha ilk tavsiyalarini eʼlon qildi
- Toshkentda beshta avtobus yoʻnalishi harakati vaqtincha oʻzgartirildi
- Amudaryo qurib borayotganligi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
- Buxoroda akademik taʼtil uchun tibbiy maʼlumotnoma tayyorlab berishni vaʼda qilgan shifokor ushlandi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Fabio Kannavaro Oʻzbekiston terma jamoasining yangi yigʻini uchun tarkibni eʼlon qildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi