Unda Baxcheshexir universiteti kino departamenti rahbari Nilay Ulusoy hamda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali rahbariyati ishtirok etishdi.
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida tashkil etilayotgan Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasi yuzasidan suhbatlashishdi. Shuningdek, ushbu akademiya qoshida Baxcheshexir universiteti bilan hamkorlikda fakultet ochish masalasi ham muhokama qilindi.
Muloqotda shu bilan birga, 2022-yil yanvar oyida universitet rasmiy delegatsiyasining Toshkentga tashrifi kutilayotgani haqida ham soʻz yuritildi.
Mazkur universitet 1998-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirda Turkiyaning eng yetakchi OTMlaridan biri hisoblanadi. Unda darslar ingliz tilida olib boriladi.