Yillar davomida Turkiyaning eng mashhur dam olish maskanlaridan biri bo'lgan Antaliya har xil yoshdagi mahalliy va xorijiy sayyohlarning e'tiborini tortmoqda. Turkiyada yozgi ta'til deganda aqlga keladigan birinchi yo'nalishlardan biri bo'lgan shahar, deyarli har bir sayyohning ideal dam olish umidlarini qondiradigan imkoniyatlarni taqdim etishi uchun munosib obro'ga ega. Madaniy merosi, ajoyib plyajlari va yuqori xizmat ko'rsatish standartlarini taklif etuvchi mehmonxonalar bilan unutilmas dam olishni istagan ko'plab sayohatchilar birinchi navbatda Antaliya dam olish maskanlariga murojaat qilishadi. Yozgi ta'tilni Antaliyada o'tkazish uchun yuzlab sabablar bo'lishi mumkin, ammo Turkiyaning jannati sifatida ushbu nomga sazovor bo'lgan 10 ta asosiy sababni sanab o'tish mumkin.

 

O'rta er dengizining ajoyib plyajlari va dengizi

 

 

Antaliyaning mashhur dam olish shahriga aylanishida dengiz, qum va quyosh uchligi katta rol o'ynaydi. Dengizi akvariumdek jonli Antaliya plyajlariga oilangiz bilan yoki yolg'iz boring, shunda shahar nima uchun bunday sevimli dam olish maskani ekanligiga o'zingiz shohid bo'lasiz. Antaliyaning dam olish maskanlarining ko'k bayroqli plyajlari va musaffo suvlarida ilgari hech qachon boshdan kechirmagan sokinlik va osoyishtalikni ko'rasiz.

 

Afsonaviy Likiya yo'li

 

 

Fethiedan boshlanib Antaliyagacha cho'zilgan Likiya yo'lidagi maxsus yo'llar Onado'lidagi ko'plab qadimiy tsivilizatsiyalarni kuzatish, Antaliya tarixiga va boshqa tomondan esa Antaliyaning hayratlanarli tabiiy go'zalliklariga guvoh bo'lish imkonini beradi.

 

Qiziqarli va sarguzashtli faoliyatlar

 

 

Agar siz izlayotgan narsa adrenalinga boy ta'til bo'lsa, demak Antaliya siz uchun mukammal bo'lishi mumkin. Antaliyaning turli mintaqalarida paraplandan raftingga, off-road sayohatlaridan kanyon sayohatlariga qadar ko'plab faoliyatlar ta'tilingizga o'zgacha hayajon va surur qo'shishi mumkin.

 

Juftliklar uchun shohona takliflar

 

 

Antaliya juftliklarga romantik ta'til o'tkazish uchun muhtasham maskandir va diqqatga sazovor joylarida sevganingiz bilan sayohat qilish, yanada ko'proq birga vaqt o'tkazish va ko'plab tajribalarni bo'lishish orqali bir-biringizni yaxshiroq bilishingiz mumkin. Antaliya, bundan tashqari, turmushning tashvishlaridan bir oz uzoqlashib, hayotingizni birlashtirgan inson bilan asal oyining gashtini surishingiz mumkin bo'lgan bebaho imkoniyatlarni taqdim etadi.

 

Tarixiy va madaniy boylik

 

 

Qadimiy shaharlar ko'chalarida va asrlar guvohi bo'lgan binolar soyasida sayr qilishni xohlasangiz Antaliyani tanlashingiz mumkin, chunki Turkiyaning bu nufuzli shahri o'zining boy madaniyati va qadimiy tsivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan chuqur tarixi bilan tarixga sayohat qilishni xohlovchilarning maftun qiladigan ko'plab variantlarni taklif etadi.

 

Qulay va shinam mehmonxonalar

 

 

Ana shunday tarixiy, madaniy va tabiiy go'zalliklarga ega bo'lgan Antaliyani jozibali dam olish maskaniga aylantirgan yana bir xususiyat barcha imkoniyatlarni qamrab olgan mehmonxona va turli ehtiyoj va talablarga javob beradigan shohona turar joy muqobillaridir. O'ta charchoqli kundan keyin istaganingizcha dam olishingiz mumkin bo'lgan ushbu mehmonxonalar har yili Antaliyaga millionlab sayyohlarni jalb qiladi.

 

Tabiiy go'zalliklar

 

 

Antaliyada unutilmas dam olishni ta'minlaydigan yana bir omil - bu ko'plab tabiiy mo''jizalarni ko'rish imkoniyatidir. Noyob plyajlar, sharsharalar, o'rmonlar va platolar Antaliyaning tabiiy go'zalliklaridan faqat bir nechtasi. Bundan tashqari, bu maxsus shaharda suv ostida kashf qilinadigan mo''jizalar ham bor.

 

Apel`sin va apel`sin mahsulotlari

 

 

Agar siz apel`sinlarni yaxshi ko'rsangiz, demak Turkiyadagi apel`sinning to'rtdan biridan ko'prog'ini etishtiradigan Antaliya kurortlariga tashrif buyurish uchun yana bir sababingiz bor. Antaliyaning Finike tumanida etishtirilgan apel`sin dunyoda etishtirilgan eng mazali apel`sinlardan biri hisoblanadi. TSitrus jannati Finikedan ko'plab apel`sin va apel`sin mahsulotlarini uyga olib ketish uchun o'zingiz bilan qo'shimcha sumka olib kelish foydali bo'ladi.

 

Oilalar uchun munosib dam olish imkoniyatlari

 

 

Farzandlaringiz bilan qulay dam olishingiz mumkin bo'lgan, unutilmas oilaviy ta'tilga bormoqchi bo'lsangiz, lekin qaerga borishni hal qila olmasangiz, bolalar bilan dam olish uchun Antaliyani ro'yxatingizning yuqori qismiga qo'yishingiz mumkin. Antaliya o'zining sayyohlik joylari va bolalar uchun qulay mehmonxona imkoniyatlari tufayli bolali oilalar uchun eng ko'p afzal ko'rilgan shaharlardan biridir. Mehmonxonalar, shuningdek, akvaparklar, bolalar uchun dasturlarni ishlab chiqadigan muzeylar va dunyodagi eng katta tunnel akvariumiga ega shahar bolalar uchun qiziqarli va yangi narsalarni o'rganish uchun takrorlanmas imkoniyatlarni taqdim etadi.

 

Tanlash erkinligi

 

 

Antaliyaning jozibasi deyarli har bir ta'til umitlarini qondira oladigan imkoniyatlarni taklif qilishdadir. Belekda Tiger Vuds kabi mashhur gol`fchilarning turnirlarda qatnashadigan maydonlarida gol`f o'ynashingiz, 200 dan ortiq nuqtalarda sho'ng'ishingiz, Antaliyaning o'ziga xos tungi hayotini boshdan kechirishingiz mumkin. O'rta er dengizi oshxonasining eng yaxshi taomlarini tatib ko'rishingiz mumkin bo'lgan gurme yo'nalishlarini ro'yxatga qo'shib, agar xohlasangiz, bularning barchasini Turkish Airlines Holidays ta'til paketlari bilan bir necha kunga rejalashtirishib, bemalol dam olishingiz mumkin.

 

Unday bo'lsa manzil: Antaliya!

 

Antaliyada turli xil didga ega bo'lgan barcha yoshdagi mehmonlar juda ko'p tengsiz imkoniyatlar mavjudligi bilan noyob ta'tilni boshdan kechirishlari mumkin. Bu xususiyati bilan Antaliya nafaqat Turkiyada, balki dunyoda yozgi ta'tilni o'tkazish uchun eng rang-barang shaharlardan biri sifatida ajralib turadi.