Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Oʻzbekiston -Turkiya hukumatlararo komissiya va “Xalq Banki” ATB vakillari ham ishtirok etgan uchrashuvda loyihani amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Maʼlumot uchun, “Layki” brendi poydevoriga 1989-yilda kichik ustaxonada asos qoʻyilgan. Kompaniya bugungi kunda Turkiya poyabzal va toʻqimachilik bozorining yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
Xorijiy investor mazkur investitsiya loyihasini Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilayotgan charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasida amalga oshirish maqsadini bildirib oʻtdi. Loyihani amalga oshirish uchun investor 1 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritadi.
Turkiyalik investorlarga mamlakatimiz charmsanoati tarmogʻida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarga ajratilgan qator imtiyozlar, preferensiyalar haqida maʼlumot taqdim etildi.
Ohangaronda tashkil etilgan KSZdagi yer maydonining onlayn savdolarida ishtirok etish boʻyicha tashkiliy masalalar yuzasidan xorijiy kompaniyaga tushuntirish va axborot berildi.
Xorijiy investorga yer maydonini ajratish boʻyicha tegishli tartibda ishlarni amalga oshirish boʻyicha Uyushma tomonidan amaliy harakatlar boshlandi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.