Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi missiyasini yakunlayapti

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda rahbarlarimiz oʻrtasida oʻrnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik uchun eng mustahkam poydevor yaratayotgani haqida soʻz yuritildi.

    “Oʻzbekiston va Turkiya qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan janob Elchiga samimiy minnatdorligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.