Tashrif davomida mehmonlar Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida ham boʻlishdi. Teatrda Turkiyaning Maltepa teatri bosh rejissyori Kubilay Erdelikara tomonidan sahnalashtirilgan N.Gogolnining “Tentakning yozishmalari” spektaklining xalqaro premyerasi boʻlib oʻtgandi.

Ushbu spektakl premyerasi, Qarshi hamda Maltepa shaharlari oʻrtasidagi madaniy aloqalar haqida Turkiyaning nufuzli “Tiyotro” gazetasining birinchi sahifasida bosh maqola chop etildi.