Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining Telegramʼdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

Oʻzbekiston va Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol davom etmoqda. Birgalikdagi saʼy-harakatlar har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.

TIV vaziri Elchi Ufuk Ulutashga ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va diplomatik missiyasida muvaffaqiyat tiladi.