Prezidentimiz 2021 yilgi Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida shu yil oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini yana 60 taga ko'paytirib, ularni 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga etkazish zarurligini aytib o'tdi.

Ayni  paytda 120 dan ortiq Davlat xizmatlari markazlari binolari qurib bitkazildi va yana 70 ga yaqinida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Davlat xizmatlari markazining joylarda 103 ta filiali tashkil etildi, olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatish yo'lga qo'yildi.

Maxsus jihozlangan transport vositalari yordamida olis joylarda (mobil` davlat xizmatlari) orqali respublika bo'yicha 530 mingga yaqin sayyor xizmatlar ko'rsatildi.

Xususan, Toshkent viloyatida 2020 yilda 734 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi. SHundan 3 ming 506 tasi sayyor tartibda olis va  chekka hududlarga borgan holda amalga oshirildi.

Davlat xizmatlari agentligi amalga oshirayotgan tezkor va shaffof xizmatlar bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy  davlatlar ommaviy axborot vositalarida ham e'tirof etilyapti.

Masalan, kuni kecha Turkiyaning “TRT AVAZ” telekanalida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Davlat xizmatlari markazi o'tkazgan sayyor xizmat keng yoritildi. Va bu haqda Turkiyaning keng auditoriyaga ega bo'lgan www.haberler.com, www.anadoluimages.com, www.sondakika.com, www.trtavaz.com.tr, www.aa.com.tr/ru saytlarida ma'lumotlar berildi.

 

erkin Doripov,

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

Jamoatchilik va OAV bilan

aloqalar sho''basi etakchi maslahatchisi