Mehmonlar maktabning infratuzilmasi bilan tanishish bilan bir qatorda oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi. Maktabdagi informatika va turkman tili fanlari boʻyicha dars va toʻgaraklar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, tumanidagi “Otayurt” ovul fuqarolar yigʻinidagi A. Durdiyev nomidagi madaniyat markazi tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Delegatsiya aʼzolari madaniyat markazining faoliyati va toʻgarak ishlari bilan tanishdi.

Bu yerda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turkman milliy madaniy markazi faollari bilan uchrashuv ham tashkil qilindi. Shundan keyin madaniyat markazining 200 oʻrinli tomoshalar zalida konsert dasturi namoyish etildi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Yangi Oʻzbekiston muxbiri