Turkmaniston Prezidenti Oʻzbekistonni doʻstona va birodarlik bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga bepul oʻtkazish boʻyicha farmon imzoladi.
Farmon bilan “Turkmangaz” davlat konserniga tegishli hajmdagi suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga oʻtkazish topshirilgan. Xabarda aynan qancha hajmda gaz oʻtkazilishi haqida maʼlumot berilmagan.