Turkmanistonda energiyani tejashga qaratilgan qonun qabul qilindi

    Turkmaniston parlamenti deputatlari “Energiyani tejash va energiya samaradorligi to'g'risida”gi qonunni qabul qildi. Bu haqda TDH davlat agentligi ma'lum qildi.

    Qonun ushbu sohani rag'batlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Hujjat Turkmanistonda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish va energiya menejmentini joriy etishni nazarda tutadi. Agentlikning qayd etishicha, bu milliy iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi va kelajak avlodlarga energiya resurslaridan uzoq yillar foydalanish imkonini beradi.

    Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish tarafdori ekanini bir necha bor ta'kidlagandi, deb xabar beradi report.az.