Unda sohada faoliyat koʻrsatgan faxriylar, turli yillarda bankni boshqargan rahbarlar, bank Kengashi aʼzolari hamda hududiy filial va xizmat ofislari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilar Turonbankning shakllanishi va rivojlanishi davomida bosib oʻtgan muhim bosqichlarini yodga oldilar, oʻz xotiralari va samimiy tilaklari bilan oʻrtoqlashdilar.
Tantanali marosimda bankning 35-yil davomida erishgan yutuqlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi strategik rejalari haqida ham maʼlumotlar berildi. Bugungi kunda Turonbank mamlakat moliya bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlib, mijozlariga ishonchli va zamonaviy xizmatlar koʻrsatayotgan bank sifatida tanildi. Shuningdek, 1990-yil 6-noyabrda tashkil etilgan mazkur moliyaviy muassasa 35-yil davomida iqtisodiyotning turli tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.
Turonbankning barqaror rivojlanishi mijozlar ishonchi, professional jamoa mehnati va yangicha fikrlash madaniyati bilan bogʻliq. Shuningdek, bankning asosiy maqsadi — mijozlarga qulay, tezkor va xavfsiz moliyaviy yechimlar taqdim etishdan iborat.
“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi Chori Mirzayev yubiley munosabati bilan barcha tashrif buyurganlarni samimiy qutladi va quyidagicha fikr bildirdi:
— 35-yillik yoʻlimiz — bu faqat sana emas. Bu har bir mijozning ishonchi, har bir xodimning mehnati va har bir yangicha fikrning samarasidir. Biz kelajakka ishonch bilan qadam qoʻyamiz. Turonbank — ishonch va hamkorlik timsoli boʻlib, yangilanish va rivojlanish sari intilishda davom etadi, — dedi Chori Mirzayev.
Turonbankning 35-yillik tarixi — ishonch, barqarorlik va yangilanish yoʻlidir. Bu sana faqat oʻtmishga nazar tashlash emas, balki kelajak istiqbollarini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega.
Bank bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotidagi muhim tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, zamonaviy texnologiyalar asosida mijozlarga yanada qulay xizmatlar taqdim etishni maqsad qilgan.
Zulxumor AKBAROVA
Hamkorlik materiali










