Ayollar oʻrtasida -87 kilogrammgacha boʻlgan vaznda bahslar yakunlandi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Atletimiz dast koʻtarishda 109 kilogramm toshni oʻziga boʻysundirgan boʻlsa, siltab koʻtarishda 129 kilogramm natija koʻrsatdi va har ikki yoʻnalishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Jabborova ikki kurash natijasiga koʻra ham tengsiz boʻldi.
Gretsiya. Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati. Ayollar -87 kilogramm
1. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) - 238 (109+129) kg
2. Entenze Reyes (Kuba) - 226 (99+127) kg
3. Elizabet Ouyens (AQSH) - 222 (99+123) kg