Bugungi dasturlardan o'rin olgan og'ir atletika bahslarida -87 kilogramm vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko'tarish mashqida oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ushbu yo'nalishda kattalar o'rtasida amaldagi jahon chempioni hisoblanmish Jabborova dastlab 102 kilogramm, so'ng 106 kilogramm va yakuniy urinishda 109 kilogramm natija qayd etdi. Ahamiyatlisi, u 102 kilogramm toshni bo'ysundirganida mazkur yo'nalishdagi oltin medal taqdiri hal bo'lib ulgurgan edi. U qayd etgan 109 kilogramm esa musobaqaning yangi rekordi sifatida qayd etildi.
Sportchimiz shuningdek, siltab ko'tarishda 126 kilogramm, ikki kurashda 235 kilogramm natija ko'rsatib, barcha yo'nalishda oltin medallarni o'ziniki qildi.