Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 113 kg natija qayd etib, oltin medalni rasmiylashtirdi. Umumiy hisobdagi gʻolibni aniqlab bergan siltab koʻtarish dasturida vakilamiz 131 kg bilan ishtirokini tugatdi. Yakunda 244 kg natija qayd etgan Jabborova ikki kurash boʻyicha kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Ogʻir atletika boʻyicha JCH.
Ayollar, -87 kg:
- Anxsetseg Munxjantsan (Moʻgʻuliston) – 250 (109+141) kg
2. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) – 244 (113+131) kg
3. Solfrid Koanda (Norvegiya) – 244 (103+141) kg