Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Tutqunlik” badiiy filmining premyerasi OAV vakillari, kinofestival mehmonlari, ijodkorlar va yoshlar uchun tashkil etildi.
Film Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019-2020-yillarda oʻtkazilgan “Mehr” operatsiyasiga bagʻishlanadi.
Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov va Rashid Malikov, postanovkachi rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar boʻyicha rassom Yelena Aitova. Filmda rollarda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov, Elbek Fayziyev va boshqalar ijro qilgan.









