Janubiy Koreyaning «Tʻway Air» aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan. Birinchi reys joriy yilning 23-may kuniga belgilangan.

Parvozlar haftasiga toʻrt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

«Tʻway Air» — 2010- yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Seulda joylashgan Janubiy Koreyaning arzon aviakompaniyasi.