22-noyabrda Jizzax shahrida viloyatning faol yoshlari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar parlamenti vakillari hamda volontyorlar uchun “U-Report” platformasi, uning imkoniyatlari taqdimot qilindi. Soʻng uchta Oliy taʼlim muassasalari — Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Respublikamizning 8 ta hududidan jam boʻlgan “U-Report” jamoasi 27-noyabrga qadar, yaʼni besh kun mobaynida Jizzax viloyati boʻylab 28 ta taqdimot oʻtkazishi koʻzda tutilgan. Albatta, taqdimotlar bilan birga, turli viktorinalar ham tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, bugunga qadar “Yuksalish” umummilliy harakati YUNISEF bilan hamkorlikda “U-Report” loyihasining taqdimotlarini Sirdaryo, Andijon, Buxoro hamda Namangan viloyatlarida oʻtkazdi va unga jami 40 minga yaqin yoshlar qamrab olindi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 3 yil mobaynida “U-Report” platformasiga 210 mingdan ziyod yoshlar aʼzo. 30 dan ortiq davlat idoralari va jamoat tashkilotlari yoshlar bilan muloqot qilish uchun mazkur platformadan foydalanyapti. Shu kunga qadar 100 dan ortiq soʻrovlar oʻtkazildi va yoshlarning fikri 10 dan ortiq ijobiy oʻzgarishlar va qarorlar qabul qilishga yordam berdi. Butun mamlakat boʻylab yoshlar uchun 3000 dan ortiq taqdimot-uchrashuvlari oʻtkazildi.
“U-Report” uchun har bir yosh yigit va qizning fikri muhim!

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.