Uch baravar tez yurish imkonini beradigan robot-poyabzal ishlab chiqildi

    Shift Robotics muhandislari o'zlarining asosiy ishlanmalarining takomillashtirilgan versiyasi – Moonwalkers Xni taqdim etishdi.

    Bu odam harakati tezligini uch barobar oshirishi mumkin bo'lgan robot poyabzaldir. U logistika va tarqatish sohasida foydali bo'lishi mumkin. Uni ishchilar ish smenasida 30 000 qadamdan ortiq masofani bosib o'tadigan omborlarda qo'llash maqbuldir.

    Yangi mahsulot dizayni rolikli konkilarga o'xshab ketadi. Oyoq kiyimining har bir poyi 6 ta g'ildirak bilan jihozlangan va ularning og'irligi atigi 450 grammni tashkil qiladi.

    Moonwalkers X CES 2024 ko'rgazmasida Shift kompaniyasi stendida namoyish etiladi, u yerda texnik tafsilotlar va narxlar ham mavjud bo'ladi. Mazkur robot-poyabzal 2024-yilning iyul oyida cheklangan miqdorda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda, deb xabar beradi techcult.ru.