Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu bolalardan biri onasi bilan, ikkinchisi esa ota-onasining ishonchnomasi asosida buvisi bilan, uchinchisi ham ishonchnoma asosida opalari bilan birga mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga kelgan.
Bolalarning yaqin qarindoshlari mamlakat hududida boʻlib turish qoidalarini buzganligi sababli deportatsiya qilingan, bolalar esa Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hududiy “Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodim va psixologlardan iborat ishchi guruh tomonidan bolalarning vataniga qaytishini taʼminlash va ularni ota-onalariga topshirish uchun barcha zarur ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi.
Xorijda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda, deyiladi agentlik xabarida..








