Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar beradi.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga koʻra:
Xasanov Murodjon Zabibullayevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Xorazm viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahar sudining raisi lavozimiga;
Xamroyev Navroʻz Ergashevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Sharopov Zafar Poʻlatovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.