Shu kunlarda Saudiya Arabistonida Futbol boʻyicha Osiyo kubogi U20 “A” guruhi saralash bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda
Kecha hamyurtlarimiz saudiyalik tengdoshlari bilan bahslashdilar. Uchrashuvning 34-daqiqasida Mahmud Joʻraboyev hisobni ochdi. 85 daqiqada Fahad muvozanatni tenglashtirdi. 90-daqiqada Rian Islomov penaltidan gol urib, jamoamizning gʻalabasini taʼminladi – 2:1.
Avalgi ikki oʻyinda Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Maldiv (7:0) va Myanma (3:0) yoshlarini magʻlub etgandi.
Nizomga koʻra guruhda 1-oʻrinni egallagan jamoa Osiyo chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
Osiyo chempionati 2023-yilda Oʻzbekistonda oʻtadi. Shu sababli, yoshlarimiz saralash oʻyinlari qanday natija bilan tugashidan qatʼi nazar, mezbon sifatida chempionatda ishtirok etadi.