Koʻhna qitʼada futbol boʻyicha Yevropa Millatlar ligasining uchinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda uch oʻyinda mehmonlar, toʻrt oʻyinda mezbonlar gʻolib chiqishda, ikki uchrashuv esa durang natija bilan tugadi.
Oʻz maydonida oʻynagan Portugaliya Chexiyani 2:0, Gretsiya Kiprni 3:0, Kosovo Shimoliy Irlandiyani 3:2 hisobida yengdi. Mehmonda toʻp surgan Ispaniya Shveysariyani 0:1, Serbiya Shvetsiyani 0:1, Gruziya Shimoliy Makedoniyani 0:3, Estoniya Maltani 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Shuningdek, Norvegiya – Sloveniya oʻyinida 0:0, Gibraltar – Bolgariya oʻyinida 1:1 hisobi qayd etildi.
Bugun uchinchi tur oʻyinlari davom etadi. Unda Ozarboyjon – Slovakiya, Moldova – Latviya, Avstriya – Fransiya, Daniya – Xorvatiya, Albaniya – Isroil, Belarus – Qozogʻiston, Andorra – Lixtenshteyn oʻzaro bahs olib boradi.