Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston prezidentlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda uch davlat oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisidagi tarixiy shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat uch mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, chegaradosh hududlardagi iqtisodiy hamkorlik va savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladilar va ratifikatsiya yorliqlarini almashdilar.
Uch davlat yetakchilari chegara tutashgan hududda “Doʻstlik stelasini“ tantanali ravishda ochdilar. Bu esa Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikning yorqin ramzi boʻldi.
Markaziy Osiyo davlatlarining bunday uchrashuvlari mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va barqaror rivojlanish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shoxrux Qoʻchqarov,
“Turonbank” ATB Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi,
Bosh bank matbuot kotibi
Hamkorlik materiali