Uch yil ichida Sirdaryoda umumiy quvvati 3 073 MVt boʻlgan 2 ta zamonaviy IES ishga tushiriladi

    Energetika 14 Fevral 2023 2373

    2026-yilga borib Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 3 073 MVt boʻlgan 2 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

    Xususan:

    - 2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

    - 2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1 573 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

    Maʼlumot uchun: 2022-yil noyabr oyida Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati