Ushbu uskunani ixtiro qilishdan avval Zapata o'zining avvalgi ishlanmasidan foydalangan edi. Gap aviatsion kerosinda harakatlanadigan Flyboard Air uchar ukunasi haqida bormoqda. U mazkur uchar uskuna vositasida La-Mansh ustidan uchib o'tishga muvaffaq bo'lgandi. Flyboard Airdan farqli ravishda JetRacer uchar kresloni eslatadi. Unga o'nta dvigatel o'rnatilgan.

Ma'lumot berilishicha, ixtirochi boshqaruv tizimini takomillashtirgan, natijada uchar uskuna burilishlarda o'zining yaxshi texnik jihatlarini namoyon etdi.   

JetRacer uch kilometr balandlikka ko'tarilib, soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi. 200 kilogramm yukni tashish imkoniyatiga ham ega.  

Zapata hamda uning kompaniyasi (Zapata) JetRacerni ommaviy ishlab chiqarish masalasini ko'rib chiqqani yo'q. Hozircha uskuna ko'rgazmali parvozlarni amalga oshirmoqda, deb xabar beradi techcult.ru.