Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan faxriy harbiylarning og'zidan yangragan bu fikrlar shu maktabda tahsil olayotgan har bir yigit-qizni to'lqinlantirgani shubhasiz.  

— Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda joylarda faxriy harbiylar va yoshlar uchrashuvlarini tashkil etyapmiz, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyat bo'lim boshqaruvi raisi A.Mukarramov. — O'tkazilayotgan ma'rifiy tadbirlarimiz o'quvchi yigit-qizlarimizning vatangan bo'lgan muhabbatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Faxriylar sharafli kasb — harbiylikning mashaqqatlari haqida gapirishmoqda. Maqsadimiz — yoshlar orasidan vatan himoyachilarini tarbiyalashdan iborat.

Tumandagi 1 son maktabda tashkil etilgan ma'rifiy uchrashuv yakunida xizmat vazifasini o'tash chog'ida halok bo'lgan uchqo'rg'onlik Ilhomjon Jo'raevning oilasi holidan xabar olinib, fondning xayriya yordami ko'rsatildi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati