Lekin aliment undirish jarayonida ayrim masʼuliyatini unutgan otalar belgilangan mablagʻni toʻlashda turli bahonalarni roʻkach qilishmoqda. Ammo, davlat ijrochilarining majburiy harakatlari mobaynida qarzdorliklarni undirib berilishi taʼminlanmoqda.

Jumladan, yaqinda olib borilgan harakatlar davomida uchqoʻrgʻonlik otadan farzandi uchun alimentdan boʻlgan 22 mln. soʻm qarzdorlik undirildi.

Maʼlum boʻlishicha, boʻlim ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2014-yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor A.Qodirovdan undiruvchi F.Hasanova foydasiga 1 nafar farzandi uchun
1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Davlat ijrochisi tomonidan muntazam ravishda taraflarga aliment mablagʻni oʻz vaqtida toʻlashi tushuntiriladi.

Biroq, qarzdor ota bu masʼuliyatga panja orasidan qaraydi va kun, oy oʻtib qarzdorlik joriy yilning 1-aprel holatiga 22 mln. soʻmni tashkil etadi.

Navbatdagi majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor otadan aliment mablagʻi undirib berildi.

Abror Xolmatov,

MIB Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi