Uchqun Quranbayev bronza va Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalga sazovor boʻldi

    Sport 7 Sentabr 2024 750

    Delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.

    6-sentyabrda “Stad de Frans” yana bir bor oʻzbek paralimpiyachilarining yorqin ishtirokiga guvoh boʻldi.

    Para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Uchqun Quranboyev Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medaliga sazovor boʻldi.

    J2 klassining -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda kurashgan yurtdoshimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda janubiy koreyalik Dongxun Kimni magʻlubiyatga uchratib, bronza medali sohibiga aylandi. Eslatib oʻtamiz, Quranboyev Tokio tatamilarida kechgan Paralimpiya bahslarida oltin medalga ega chiqqan edi.

    Shuningdek, kelasi oy 16 yoshni qarshi oladigan hamyurtimiz Shahinaxon Yigitaliyeva para yengil atletikaning F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida kumush medal sohibiga aylandi.

    Yosh para atletimiz murosasiz bahslarda 43,12 metr natijani qayd etdi.

    Delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.