Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarininga dzyudo bahslari ham qizg'in davom etmoqda. 

-66 kg vaznda o'zbekistonlik Uchqun Quronboev chorakfinalda yaponiyalik YUjiro Setoni (10:0), yarimfinalda esa ukrainalik David Xorovani (10:1) mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. endi u oltin medal` uchun kurash olib boradi.

-60 kg vaznda SHerzod Namozov chorakfinalda venesuelalik Markos Dennisga (0:1) imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza uchun o'tish bahsida esa Ishak Ouldkudir (10:0) ustidan g'alaba qozondi. endi Namozov bronza uchun tatamiga chiqadi.