Jumladan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, Byuroning Uchtepa tuman boʻlimi ish yurituvidagi Uchtepa tumani, Beshqayragʻoch koʻchasida joylashgan 27 kv. metrga teng noqonuniy qurilgan qurilma qarzdor fuqaro M.F. hisobidan buzilib, yer maydonini boʻshatib tartibga keltirib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjati yuzasidan kelib tushgan.
Ijro hujjatining ijrosi taʼminlanishi maqsadida qarzdor fuqaroga ogohlantirish berilgan boʻlsada, qarzdor oʻz hohishi bilan noqonuniy qurilmani buzib, yer maydonini oʻz holiga keltirmagan.
Shundan soʻng, Byuroning tuman boʻlimi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, noqonuniy qurilma majburiy tartibda buzilib, yer maydoni boʻshatildi.