Uelsda ikkita poyezdning to'qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

    Uelsda ikkita poyezdning to'qnashib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo'ldi, 15 kishi jarohat oldi.

    Voqea dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30 atrofida sodir bo'ldi. Barcha jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazildi.

    Transport kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, voqea sodir bo'lgan hududda transport harakati to'sib qo'yilgan.

    Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ish olib borishda davom etmoqda. Poyezdning to'qnashuvi sabablari haqida ma'lumot berilmadi, deb xabar beradi report.az.