Ufada bir kishi doʻsti bilan garov bogʻlab, sakkiz santimetrli mixlarni yutib yubordi. “Bemor zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi, uning hayotini saqlab qolishga erishildi”, dedi Boshqirdiston sogʻliqni saqlash vaziri Ayrat Raxmatullin.

Uzun mixlarlarni yutib yuborgandan soʻng, erkakning oʻzi tez yordam chaqirgan va oshqozon ogʻrigʻi, koʻngil aynishi va ogʻizning qurib qolishidan shikoyat qilgan. Qorin boʻshligʻi organlarining rentgen tasvirlarini koʻrib chiqish paytida mutaxassislar begona jismlarni aniqlashdi.

Natijada shifokorlar zudlik bilan laparotomiya oʻtkazishdi va bilan uzunligi sakkiz santimetr va diametri toʻrt millimetr boʻlgan ikkita temir mixni qiyinchilik bilan chiqarib olishdi.

Bemorga uyiga allaqachon ruxsat berildi, u uyida davolanishni davom ettirmoqda.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Hindistonning Karnataka shtatida shifokorlar bemorning oshqozonidan 187 tanga olib tashlashgandi, deb xabar beradi mir24.tv.