Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Biz Qoʻshilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaymiz va 2027-2029-yillarda Harakatga boʻlajak raisligimizni qoʻllab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar yoʻlga qoʻyilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi, — deydi Baxtiyor Saidov.
Uchrashuvda tadbirkorlarning oʻzaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni roʻyobga chiqarish va boshqa masalalar muhokama qilindi.