Juda yaxshi esimda. Yurt mustaqilligi bizga ozodlik, erkinlik, to‘kinlik olib keldi deb ishongan edik. Afsuski, bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi. Goh zanjirlangan eshiklar, goh qalin panjaralar bilan o‘ralgan chegaralar ichida qo‘rquv va hadik bilan yashay boshladik. Oramizda yana sho‘ro zamonidagi bir-birining qadamini poylash, og‘zini hidlash illatlari bolalab ketdi. “Oq” va “qora” ro‘yxatlar paydo bo‘lishi bilan qatag‘on davrini eslatadigan og‘ir kunlar boshlandi.
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop
etilgan “Riyosiz so‘zlar” maqolasida jasorat va vijdon amri bilan yozganidek:
“U-bu joylarda bo‘lgan o‘zgarishlar odamlarning dasturxoniga yetib kelmadi.
Mamlakatni firibgarlar bosdi. Bu illatlarga qarshi kurashishi zarur bo‘lgan
tashkilotlar esa davlat ichida davlat tuzdilar. Odamlar ustidan zo‘ravonlik joriy
etildi. Masalan, Surxondaryoda xavfsizlik xizmati allaqanday fashistik (boshqa so‘z
ularning qilmishini ifodalab berolmaydi) tizim o‘rnatdi. Odamlarni pashsha o‘rnida
ko‘rmadilar. Xo‘rladilar, mulklarini tortib oldilar, misli ko‘rilmagan qiynoqlarga
soldilar, o‘ldirib ham yubordilar. Qiynoqlarning Stalin zamonida kechgan
usullarini qo‘lladilar va ularni yanada yangi “pog‘ona”larga ko‘tardilar”.
Maqolada ro‘y-rost yozilgan bu og‘ir va qora kunlarning ortda qolgani chin
bo‘lsin. Eslayversang, yuraging ezilib, qalbing titrab ketadi.
Xalqimizda “Oyning o‘n beshi qorong‘i, o‘n beshi yorug‘” degan hikmat bor.
Endi “Riyosiz so‘zlar” maqolasidagi “Odamlar odamga o‘xshab yashashni o‘rganyapti!”
degan jumlaga e’tibor qarataylik. Bu so‘zlarni shoir mustaqilligimizning 35
yilligi arafasida yozayapti.
Muallif o‘zi qo‘ygan savolga o‘zi bunday javob beradi: “Butun mamlakatda
bunday yoppa bunyodkorlikni qaysi qudrat harakatga keltiryapti? Bu savolga javob
aniq: Shavkat Miromonovich Mirziyoyev!”. Haqiqatan, Prezidentimiz fidoyi va jasur
islohotchi sifatida xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirdi. Bugun ana shu
islohotlar barcha sohada o‘zini yorqin namoyon qilmoqda.
Ayni yangilanishlar tufayli xalqimiz hayotida va dunyoqarashida ma’naviy-ma’rifiy,
ilmiy-amaliy uyg‘onish fasli boshlandi... Yangi g‘oyalar, yangi fikrlar tufayli
islohotlar jarayoni izchillik bilan yuksak pog‘onalarga ko‘tarilib borayotir. Ona
Vatan deb uyg‘onish — buyuk baxt! Vataning nurli kelajagi, taraqqiyoti uchun
birlashish esa cheksiz g‘urur va quvonch!
“Uyg‘onish” shu qadar jozibador, mo‘tabar so‘zki, uni har qanchа yurakdan
jo‘shib, jo‘r bo‘lib, qo‘lni qo‘lga berib, yelkani yelkaga tirab, g‘urur bilan baland
ovozlarda hayqirib aytsak, yarashadi. “Uyg‘onish” so‘zini eshitsam yoki o‘qisam, buyuk
shoirmiz Abdulla Oripovning “Uyg‘onish zamoning” she’ridagi ushbu quyma satrlar
dilimdan tilimga ko‘chaveradi:
Oqqan daryolaring qaytadan oqsin,
Hali erimagan qorlaring bordir.
Sen san’at o‘lkasi, she’r diyorisan,
Qancha chertilmagan torlaring bordir.
Uyg‘onish zamoning muborak bo‘lsin,
Azaliy shiddating, orlaring bordir...
Vatanim, seni bir bor ko‘rganlar yana ko‘rgisi kelib, sog‘inib qolishi chin.
Yana senga intilishi haqiqat. Sen dunyoni maftun etyapsan. Ulug‘ shoirmiz Erkin
Vohidov ijodiy suhbatlardan birida faxr bilan bunday degan edi: “O‘zbekiston —
haqiqiy jannatmonand yurt. Bu go‘zal zaminga, haqiqatan, Allohning nazari tushgan.
Fasllarning tartib bilan aylanib kelishi betakror mo‘‘jizadir. Zaminning
ne’matlarga boyligini, yetishtirilgan hosillarning hayratlanarli darajada mazali
ekanini ta’riflab bo‘lmaydi. Inson uchun shunday ajoyib, betakror va tengsiz
mo‘‘jizalarga boy mamlakatda yashashning o‘zi tengsiz baxtdir!”.
Agar ulug‘ shoirmiz hayot bo‘lganida, xalqimiz Vatanimiz mustaqilligining
35 yilligini ulkan yutuqlar bilan nishonlayotganini, tarixiy, madaniy va ma’rifiy
yuksalishlar, milliy-ruhiy uyg‘onishlar bilan kutib olayotganini ko‘rib, benihoya
sevingan bo‘lar edi.
Yaxshi eslaymiz: millat uyg‘onishining ilk sadolari 2016 yilda Shavkat
Mirziyoyevning hali Prezidentlikka nomzodlik paytida saylovchilar bilan o‘tgan ilk
uchrashuvlarida yangray boshlagan edi.
Davlatimiz rahbari faoliyatida katta jasorat bilan yangi O‘zbekistonni
bunyod etish g‘oyasini dadil ilgari surdi. Bu ulug‘vor g‘oya tufayli hayotimizga yangi
tafakkur, yangi shijoat, yangi turmush tarzi hamda ijodiy kuch-g‘ayrat shiddat bilan
kirib kela boshladi. Birgina “yangi” so‘zining o‘zi odamlar ongida, hayotida
o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga turtki berdi. “Yangi” so‘zi mo‘‘jiza yanglig‘ porladi.
O‘zbekiston dunyoga yuz ochdi. Dunyo esa shunday bebaho va saxiy yurt,
bagrikeng, samimiy va tinchliksevar xalq borligini qayta kashf etib, uning
bag‘riga intilmoqda. Bu tabarruk tuproqni bir ko‘rib, tavof etishga mehr bilan
o‘shiqmoqda.
Uyg‘onish faslining poydevori mustahkam, qadamleri dadil, qanotlari esa
burgutnikiday shiddatlidir. U olis cho‘qqilarni zabt etishni niyat qilgan. Buyuk va
ezgu niyatlaring hamisha yo‘ldoshing bo‘lsin, uyg‘onish burguti! Sening shiddatli
qanotlaring xalqimizga hamisha ilhom va najot bag‘ishlasin!
Dunyoning taraqqiy etgan xalqlari tarixidan ma’lumki, millatning jahon
sahnасida yorqin namoyon bo‘lishi dastlab tarixiy, ruhiy-ma’naviy uyg‘onish, milliy
qadriyat va an’analarni anglash bilan boshlanadi. So‘ng taraqqiyot bilan hamqadam
bo‘lgan ilmiy-amaliy uyg‘onish hamda yetuk tafakkur orqali ro‘yobga chiqadi.
Yangi O‘zbekiston aynan mana shunday nurli, porloq yo‘ldan dadil bormoqda.
Ona Vatanimizning ko‘rkam va betakror tarixiy maskanlaridan biri — Islom
tsivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi millat qalbiga beqiyos ma’rifat hadya
etdi.
Bugun Islom tsivilizatsiyasi markazi nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy
Osiyoni, balki butun dunyoni o‘ziga maftun etayotgan betakror ma’naviy-ma’rifiy va
tarixiy majmuaga aylandi. Markazga kelayotgan ziyoratchilar va sayyohlarning
ko‘zlaridagi hayrat va hayajonni ko‘rib, qalbimizda g‘urur, iftixor uyg‘onadi.
Islom tsivilizatsiyasi markazi salohiyati bilan birga o‘zimiz ham kuchli
millat bo‘lib uyg‘onyapmiz. Dunyoni ham uyg‘otyapmiz. Olam ahli ham bizni ангlayapti,
tushunyapti, mehr va ishonch bilan intilyapti. Biz rivojlangan davlatlar bilan birga
uyg‘onyapmiz, birga taraqqiy etyapmiz.
Yangidan barpo etilgan Imom Buxoriy majmuasi ham ma’naviy-ma’rifiy va
diniy tafakkurimizning, islomiy dunyoqarashimizning uyg‘onishida bebaho ma’rifat
maskaniga aylandi. Bu tabarruk qadamjoni ziyorat qilishga yurtdoshlarimiz va
xorijlik mehmonlarning qadami uzilmayapti. Biz Imom Buxoriy ruhiyati bilan
uyg‘onmoqdamiz.
Qaysi sohani olmang, har qadamda yangi islohotlar amalga oshayotganidan
rozi bo‘lib yashayotgan, uyg‘onish lahzalaridan bahra olib, zavqu shavq, kuch-g‘ayratga
to‘layotgan, yangi marralarni zabt etayotgan g‘ayratli, bilimdon yoshlarni ko‘rib,
hayratlanasiz.
Sport sohasini olaylik. Masalan, biz ko‘proq Pele, Maradona singari
jahon futboldi yulduzlariga ishqibozlik qilib kelganmiz. Hatto biz, ishqibozlar
guruhlarga bo‘linib, o‘zaro bahslashganmiz.
Bugun esa bir haqiqatni tan olaylik: butun dunyo o‘zbekning jasur
futbolchisi Abduqodir Husановga ishqibozlik qilib, uni jahon yulduziga
tenglashtirayotganі g‘ururimizga g‘urur qo‘shmoqda. Biz bugun Abduqodir Husановdan
faxrlanish ila uyg‘onmoqdamiz! Biz — dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Diyora
Keldiyorovaning jasorati bilan uyg‘onmoqdamiz! Boks bo‘yicha dunyo tan olgan mutlaq
chempion Bahodir Jalolovning matonati bilan uyg‘onmoqdamiz! Xalqaro shaxmat
federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorovning tafakkuri bilan
uyg‘onmoqdamiz.
Hozirgi tarixiy islohotlar jarayonida minglab bilimdon, kitobxon hamda
sohasining fidoyisi bo‘lgan, nurli kelajagimiz bunyod bo‘layotganiga astoydil
ishongan halol-pok insonlarning hayrati va shijoati bilan uyg‘onmoqdamiz...
Bu uyg‘onishlarimizning bosh sababchisi Prezidentimiz ekanini faqat o‘zbek
xalqi emas, balki dunyo ko‘rib, bilib turibdi.
Ilohim, yangi O‘zbekistonimizning uyg‘onish fasli gullab-yashnasin, boqiy
bo‘lsin!
Xush kelibsan, Uyg‘onish fasli!
Ashurali JO‘RAYEV,
O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan jurnalist