AQSh maxsus elchisi Stiv Uitkoff Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan so'nggi muzokaralarini “ishonchli” deb atadi va Ukraina tinchlik kelishuvi “besh hudud”ga taalluqli ekanini aytdi. Bu haqda 15-aprel, seshanba kuni Bloomberg xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish va, ehtimol, yangi biznes imkoniyatlarini yaratishga olib kelishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilingan.

Umumiy kelishuvning kaliti, Uitkoffning so'zlariga ko'ra, “beshta hudud” atrofida aylanadi.

Shuningdek, u “Rossiya va AQSh o'rtasidagi munosabatlarni o'zgartirish imkoniyatini mintaqaga haqiqiy barqarorlik olib keladigan juda jozibali tijorat imkoniyatlari orqali” ko'rishini qo'shimcha qildi.

11-aprel kuni Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga uchib ketgan edi. Ularning suhbati to'rt soatdan ortiq davom etdi, deb xabar beradi korrespondent.net.