Bundan buyon xorijiy davlatlar fuqarolari Ukraina chegarasini kesib oʻtishda Ukrainada roʻyxatdan oʻtgan yoki mazkur mamlakatda vakolatxonasiga ega boʻlgan yohud ukrainalik shirkat bilan shartnoma tuzgan sugʻurta kompaniyasi tomonidan berilgan sugʻurta polisiga ega boʻlishlari talab etiladi.
Sugʻurta chet el fuqarosining COVID-19ga chalinganida davolanish xarajatlarini qoplashi va Ukrainada boʻlish davriga toʻgʻri keladigan muddatda amal qilishi kerak.
“Qizil hudud” mamlakatlaridan kelgan chet elliklar oʻz-oʻzini yakkalash rejimiga amal qiladilar. 2020-yil 30-sentyabr holatiga koʻra Oʻzbekiston “yashil hudud”ga kiritilgan.
Batafsil maʼlumot bilan https://visitukraine.today/ru saytida tanishish mumkin.
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Ukraina tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.