Mehmonlarni viloyat hokimi Toʻra Bobolov qabul qilib, voha sanoatining turli sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarida aloqalarni rivojlantirish, taʼlim,tibbiyot va turizm sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan oʻzaro fikr almashdi.

Oʻtgan yili Surxondaryo viloyatidan Ukrainaga 678 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilingan. Viloyatga 2 million 374 ming dollarlik mahsulotlar importi amalga oshirilgan.

Ukraina elchisi Surxondaryo viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Zafar Namozov bilan ham uchrashib, vohaning boy sayyohlik salohiyatiga yuqori baho berdi. Dinlar chorrahasi boʻlgan viloyatga turistlarni koʻproq jalb etishni rejalashtirib olgani qayd etildi. Sayyohlar uchun muhim infratuzilmani yana-da rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirdi.Uch kun davomida mehmonlar Angor, Jarqoʻrgʻon, Sherobod, Shoʻrchi, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo kabi tumanlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrgandi.

Oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Termiz tumanidagi “Gold Dried Fruits Export” qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, “ZIF Textile” tikuvchilik korxonalari, “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi singari yirik subyektlar va tarixiy hamda arxeologik yodgorliklar bilan yaqindan tanishdi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi matbuot xizmati.