Ultrabinafsha nurlari yordamida barcha virus va mikroblar bilan kurashadigan qurilma ixtiro qilindi
Shveysariyada ultrabinafsha nurlari yordamida barcha mikroblar bilan kurasha oladigan apparat ixtiro qilindi.
Koʻpchilik unga koronavirusni oʻldiruvchi robot deb nom bergan.
U parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun samolyotlarning ichki qismlariga qayta ishlov berishga moʻljallangan.
Taʼkidlanishicha, bitta laynerni dezinfeksiya qilish uchun 13 daqiqa vaqt ketadi.
“Biz mashinani yoqamiz va samolyotda qoldiramiz. U dezinfeksiya qiladi va ish tugagandan soʻng avtomatik ravishda toʻxtaydi. Inson bilan texnika aloqada boʻlmaydi. Sayohatchilar uchun ahamiyatli narsa shundaki, oʻrindiqlarda kimyoviy moddalar izlari boʻlmaydi, hamma narsa mutlaqo toza boʻladi”, deydi qurilmani ishlab chiqargan kompaniya vakili Jodok Elmiger.
Sogʻliqni saqlash vazirligi