Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

    Hukumat 13 Mart 2023 1846

    Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

    Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich nomzodini tavsiya etdi.

    Nomzodning viloyatda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, qishloq xoʻjaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.

    Soʻng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

    Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib chiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantirish boʻyicha turgan vazifalarni belgilab berdi.