“Air Asia” aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomani inobatga olgan holda, Malayziyadan sayyohlarni jalb etish istiqbollari va qoʻshma marketing loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida ziyorat va turizm safarlarini uygʻunlashtiruvchi “Umra plyus” dasturi doirasida Malayziya fuqarolarini Oʻzbekistonga olib kelish uchun sayyohlik paketlarini yanada chuqurroq ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.