баннер
14 Mar 2025
04:05

    Umra ziyoratchilari meningitga qarshi emlanadi

    Saudiya Arabistoni Podshohligi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan “Umra“ ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani maʼlum qilindi.

    Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, ayni davrda dunyoda meningokokk bilan kasallanish holatlari koʻpayishi kuzatilmoqda.

    Soha mutaxassislari bildirishicha, ushbu infeksiya havo orqali yuqadigan kasallik boʻlib, unga chalingan shaxs aksirsa yoki yoʻtalsa infeksiya butun atrofga tarqaydi. Meningit istalgan yoshda uchrashi mumkin.

    Shu bois, ziyoratchilar odamlar gavjum joylarda himoya niqoblaridan foydalanishlari, shaxsiy gigienaga rioya qilishlari va kasallikdan saqlanish ehtiyot choralarini koʻrishlarini tavsiya etamiz.

    Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi joriy etgan tartib-qoidaga koʻra, emlanish podshohlikka kirishdan kamida 10 kun oldin amalga oshirilgan boʻlishi lozim. Emlanganlik sertifikatining amal qilish muddati 3-yilni tashkil etadi.

    Umra safarini niyat qilgan fuqarolarimiz respublikamizning barcha markaziy poliklinikalari yoki vaksinasiya markazlarida meningitga qarshi emlanishlari mumkin, — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech